Avstraliyaning Kvinslend shtati hukumati aholining avtomobil raqamlariga emodzi smayliklarini qo‘shishiga ruxsat berdi. Bu haqda TJournal xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, hozircha faqat kulib turadigan besh xil emodzidan foydalanishga ruxsat berilgan.
Shuningdek, raqam uchun yozuv tanlayotganda belgilar soni beshtadan oshib ketmasligi kerak. Ularning uchtasi harf, ikkitasi raqam bo‘lishi kerak. Belgilar istalgan tartibda yozilishi mumkin.
Kvinslend aholisi mart oyidan boshlab shaxsiy raqamlarga buyurtma berishi mumkin.
https://www.instagram.com/p/BtuOePYA-8V/?utm_source=ig_embed
https://www.instagram.com/p/BuGC2biFn1E/?utm_source=ig_embed
Izoh (0)