Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetiga Finlandiyaning JAMK amaliy fanlar universiteti delegatsiyasi tashrif buyurdi. Bu haqda TDPU matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: TDPU matbuot xizmati

Foto: TDPU matbuot xizmati

Delegatsiya tarkibida sog‘liqni saqlash bo‘yicha falsafa fanlari doktor, konsultant Yoxanna Xeykkilya, universitetning rivojlanish bo‘yicha direktori Leyena Liimatainen, Moliya ishlari bo‘yicha vakil Pertti Malkki uchrashuvda ishtirok etdi.

Uchrashuvda turli sohalar bo‘yicha o‘zaro hamkorlik memorandumini imzolashga kelishib olindi.

Shuningdek, Finlyandiyaning aniq fanlar universiteti professor o‘qituvchilari tomonidan Ochiq leksiyalar tashkil etish, maktabgacha ta’lim hamda boshlang‘ich ta’lim sohalarida tajriba almashish, Yevropa ittifoqining ta’limni rivojlantirishga yo‘naltirilgan Erasmus+ loyihasi doirasida sohada mobillikni rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik qilish rejalashtirildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Onlayn firibgarlik: fishing nima va undan qanday himoyalanish kerak?
Dunyo
Harbiy xizmatdan bosh tortganlik uchun 10 yilgacha qamoq: Putin safarbarlik yuzasidan qonun imzoladi
Dunyo
Borrel: Putinning yadroviy tahdidlarini jiddiy qabul qilish kerak