TourStat analitik agentligi sayyohlar orasida onlayn so‘rov o‘tkazib, MDH shaharlarining eng romantik joylari reytingini aniqlagan, deya xabar beradi “Nuz.uz”.
Minskdagi Troiskiy shahri, Olmaota shahridagi Ko‘ktebe tog‘i, Ostona shahridagi Bayterek haykali, Bokudagi Qiz minorasi va Toshkent teleminorasi MDH shaharlaridagi eng romantik joylar beshligiga kirgan.TourStat ma’lumotlariga ko‘ra, Troiskiy shaharchasi uchun 27%, Ko‘ktebe uchun 23%, Bayterek uchun 20%, Qiz minorasi uchun 15% hamda Toshkent teleminorasi uchun 8% ovoz berilgan.Reyting joylarning mashhurligi va internetdagi fikrlar ommabopligi asosida tuzilgan.
Izoh (0)