Milliy gvardiya delegatsiyasi Rossiyaga to‘rt kunlik rasmiy safarini boshladi. Bu haqda Rosgvardiya rasmiy vakili general-mayor Valeriy Gribakin ma’lum qildi, deya xabar beradi “Xalq so‘zi”.
O‘zbekiston delegatsiyasiga Milliy gvardiya qo‘mondoni o‘rinbosari polkovnik Shuhrat Shokirov boshchilik qilmoqda.
“Tashrif davomida ular Rosgvardiyaning noidoraviy qo‘riqlash bo‘linmasi xizmat faoliyati bilan tanishadi. Shuningdek, Rosgvardiya va Milliy gvardiya o‘rtasida 2019-yilga mo‘ljallangan hamkorlik rejasini imzolash ko‘zda tutilmoqda”, — dedi V.Gribakin.
Delegatsiya a’zolari ishchi safarning birinchi kuni Ostankino teleminorasida bo‘lib, telemarkazni muhofaza qilish tartibi bilan tanishtirildi.
Safar davomida mehmonlarga Rosgvardiya bo‘linmalari tomonidan qo‘llaniladigan vositalar va avtotransportlar namoyish etiladi.
Izoh (0)