Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Innovatsion ishlanmalarni joriy etish ilmiy-amaliy markazi Hindistonning The National Small Industries Corporation Ltd bilan o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida muzokaralar olib bormoqda, deb yozadi O‘zA.
Vazirlik axborot xizmati xabariga qaraganda, Sirdaryo viloyatida Hindiston tajribasidan kelib chiqqan holda “Biznes akselerator” tashkil etish masalasi ko‘rib chiqilmoqda. Joriy yilning 7—9-fevral kunlari The National Small Industries Corporation Ltd tashkilotining vakillari — Andole Balraj Prabxu Raj va Tyagi Sunil O‘zbekistonga taklif etildi. Tashkilot vakillari bilan imzolangan anglashuv memorandumiga ko‘ra, “Biznes akselerator”ni tashkil etish davomida The National Small Industries Corporation Ltd hamda “Innovatsion ishlanmalarni joriy etish ilmiy-amaliy markazi” hamkorlikda O‘zbekistonning boshqa hududlarida ham bu tajribani joriy etish rejalashtirilgan.
Ushbu loyiha yoshlarni ish bilan ta’minlash, ularni tadbirkorlikka qiziqtirish, kichik biznes va kasanachilikni rivojlantirish hamda ma’lum bir kasb-hunarga yo‘naltirish kabi bir nechta vazifalarni o‘z oldiga qo‘ygan.
Izoh (0)