9-fevral, shanba kuni Italiya A Seriyasining 23-turi doirasida 2 ta o‘yin o‘z nihoyasiga yetdi.
Kunning birinchi uchrashuvida musobaqa jadvalida 2-o‘rinda borayotgan Karlo Anchelotti boshqaruvidagi “Napoli” jamoasi “Fiorentina” uyiga safar qildi. Bellashuvda hisob ochilmadi va tomonlar durangga imzo chekdi.
Shu kuni 43 ochko bilan musobaqa jadvalida 3-pog‘onani band qilgan Luchano Spaletti boshliq “Inter” klubi “Parma” mehmoni bo‘ldi.
Milanliklar Lautaro Martinesning 80-daqiqada kiritgan yagona goli evaziga g‘alabani ilib ketdi va muhim 3 ochkoni qo‘lga kiritdi (1:0).
A Seriya
23-tur bahslari
9-fevral, shanba
“Fiorentina”—“Napoli” 0:0
“Parma”—“Inter” 0:1
Gol: 0:1 — 80 Martines.Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!