“Sauthempton”ning ikki muxlisi APLning 26-turidan o‘rin olgan “Sauthempton”—“Kardiff” bahsida (1:2) marhum Emiliano Salani haqorat qilgani uchun hibsga olindi. Bu haqda Daily Mail xabar berdi.
Argentinalik futbolchi yanvar oyida Uels klubi tarkibiga kelib qo‘shilishi kerak edi, ammo La-Mansh bo‘g‘ozi ustidan uchib o‘tish vaqtida aviahalokatga uchradi va halok bo‘ldi.
“Sent-Meris” stadionida ikki nafar muxlisning ikki qo‘lini keng yozib, samolyotni imo-ishoralar bilan ko‘rsatgani tasvirlagan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib ketdi.
“Sauthempton” rahbariyati har ikkala muxlis ham politsiya tomonidan qo‘lga olinganligini tasdiqladi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)