Toshkentda yashovchi Dilfuza Jalilova sevgan yigiti Furqat Ramazonovni rashk tufayli o‘ldirib qo‘ygan, deya xabar beradi “Repost”.
Mazkur jinoiy ish haqidagi lavha “O‘zbekiston 24” telekanali orqali namoyish etilgan.
Ma’lum bo‘lishicha, Dilfuza Furqatning vafosini sinovdan o‘tkazmoqchi bo‘lib, dugonasi Madinadan yordam so‘ragan.
Madina yigit bilan munosabatga kirishib, unga turli suratlar yubora boshlagan hamda jinsiy aloqaga kirishishni taklif qilgan.
Furqatning Madina bilan gaplashayotganini bilib qolgan Dilfuza unga pichoq bilan bo‘yniga zarba bergan, dalillarni yo‘qotish uchun esa o‘ziga ham pichoq urgan. Natijada Furqat vafot etgan qiz esa tirik qolgan.
Dilfuza qo‘lga olinganda Furqat o‘z joniga qasd qilganini ma’lum qilgan. Tergov harakatlari natijasida haqiqat fosh bo‘ldi. Dilfuza 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi.
Izoh (0)