• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12858.15
    • RUB159.71
    • EUR14505.28
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +21°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Qashqadaryoda 54 yoshli erkak qo‘shnisi bilan janjaldan 12 soat o‘tib vafot etdi. Marhumning yaqinlari bunda qo‘shnisini ayblamoqda

    “Daryo”ga Koson tumani, Nartichuqur mahallasida yashovchi Farruh Temirovdan murojaat kelib tushdi. Murojaat mazmuniga ko‘ra, Farruh Temirov 2018-yil 16-dekabr kuni otasi Samadullo Temirov tuman tibbiyot birlashmasining reanimatsiya bo‘limida jon berganligini, otasining bu ahvolida esa yon qo‘shnisining aybi borligini yozadi.

    Samadullo Temirov.

    Samadullo Temirov.
    Foto: “Daryo”

    Maqolamiz avvalida shuni alohida ta’kidlab o‘tmoqchimizki, murojaatchi iddaosicha aybdor deya atalayotgan qo‘shnilarning ism-shariflari tahririyatga ma’lum bo‘lsa-da, tergov-surishtiruv jarayonlari ketayotganligi bois ochiqlamaslikka qaror qildik.

    “2018-yil 13-dekabr kuni xo‘jayinim ishdan keldi, — deydi marhumning ayoli Biyraja Shonazarova. – Xo‘jayinim neft-gaz korxonasida ishlaydi-da. 15 kun ish, 15 kun dam oladi. 15-dekabr kuni qo‘shnimiz tuman gaz xodimlari kesib ketgan trubalarni noqonuniy ulab olmoqchi edi. Shunda xo‘jayinim truba bizning uy devoridan o‘tganligi sababli devorga mix qoqishiga qarshilik ko‘rsatib, “raygaz uzib ketgan bo‘lsa, nega o‘zboshimchalik bilan qo‘shyapsan”, — deya qo‘shnimizdan so‘radi. Va tuman gazga telefon qildi. Qo‘shnimizga esa agar trubani ulamoqchi bo‘lsa, alohida tirkama qo‘yib o‘tkazishini, devorga mix qoqmasligini aytdi. Shunda qo‘shnimiz “Senga nima” deya xo‘jayinimning oldiga jahl bilan kela boshladi. Shunda Farruh o‘g‘lim chiqib, dadasini chetga tortdi. Qo‘shnimizning o‘g‘li ham dadasini uyiga olib kirdi. Ammo voqea shu bilan tugamadi. Qo‘shnimiz baribir bizning uyimiz devorlari orqali o‘tgan trubani uladi. 16-dekabr kuni xo‘jayinim kiyinib, go‘sht olib kelaman deb ko‘chaga chiqib ketdi. Adashmasam soat 9 lar chamasi edi. Ammo oradan yarim soat o‘tib, afti angori bir ahvolda bosh kiyimsiz, pidjaki qo‘lida kirib keldi. Bir pas o‘tib ko‘chada g‘ala-g‘ovur boshlandi. Chiqsam, xo‘jayinim va qo‘shnimiz bir-birining yoqasidan tutib turibdi”.

    “Ko‘chada g‘ala-g‘ovur boshlangach, yugurib chiqdim, — deydi marhumning katta o‘g‘li Eldor Temirov. — Qarasam dadam bilan qo‘shnimiz urishyapti. Dadamning afti angoriga qarasam, bir ahvol. Mast odamga o‘xshardi. Karaxt edi. Qo‘shnimiz dadamni urayotgani uchun ularni ajratish uchun qo‘shnimizni ushlab, o‘g‘lini chaqirdim. O‘g‘liga “dadangni olib kir” dedim. Shunda o‘g‘li ajratish o‘rniga kelib menga tashlandi. Keyin uydan ukam Farruh yugurib chiqib, janjalga qo‘shildi. Qo‘shnimiz Farruh ukamni ushlab turgandi. Ukamni ajratish uchun qo‘shnimiz tomon yurdim. Shunda qo‘shnimizning o‘g‘li 3 metr joydan yugurib kelib, qo‘lida bog‘langan temir qo‘lqopda dadamni urdi. Dadam shunda “voh” dediyu, yuzi bilan bir tekis yerga yiqildi. Onam esa dod deb yig‘lardi. Shunda men qo‘shnilarimizni yordamga chaqirdim. Daler qo‘shnimiz chiqqach, unga “amakingni chaqir” deb baqirdim. Ota-bola endi ukamga yopishishgandi. Shunda qo‘shnilarimiz chiqib, ajratishdi va dadamni ko‘tarib ichkariga olib kirdik”.

    Eldor Temirov.

    Eldor Temirov.
    Foto: “Daryo”

    Samadullo Temirovning ayoli farzandlari va turmush o‘rtog‘i uyga kirgach, turmush o‘rtog‘ini koyiganligini, kap-katta insonlarga shunday urush-janjallar yarashadimi deya urush sababini so‘raganini aytadi.

    “Shunda xo‘jayinim “Men ko‘chadan qaytayotgan paytim, yo‘limni to‘sib “Sen zo‘rmisan” deb qo‘limni qisib, ichimga urdi”, — dediyu o‘tirgan joyida orqaga yiqildi. Bir pasdan so‘ng tildan qoldi. Bir oyog‘i ham ishlamay qoldi. Shunda tez yordamga telefon qildik. Qo‘shnimizni ham chaqirdik. Qo‘shnimiz kelgach, tez yordamni ham kutmay shifoxonaga olib ketdik”.

    Biyraja Shonazarova turmush o‘rtog‘ini shifoxonaga olib ketayotgan payti ham qo‘shnisi chiqib, ularni haqoratlashda davom etganini ta’kidlamoqda.

    “Chalajon erimni mashinaga chiqazayotgan paytimiz ham qo‘shnimiz qo‘lini bigiz qilib, o‘g‘illarimga “Otang o‘lmasa bo‘ldi, agar birovga men haqimda churq etsang, otangni kunini senlarga solaman” deya tilga olib bo‘lmaydigan so‘zlar bilan so‘kindi, — deydi marhumning ayoli. – Ayol qo‘shnimiz ham eridan qolishmagan holda qarg‘ashdan sira to‘xtamasdi”.

    Ma’lum bo‘lishicha, Samadullo Temirovni yaqinlari og‘ir ahvolda kunduzi soat 12 lar atrofida tuman tibbiyot birlashmasining reanimatsiya bo‘limiga olib borishgan.

    “Bemor Samadullo Temirov bo‘limimizga 2018-yil 16-dekabr kuni kunduzi soat 11:56 da olib kelingan, — deydi bo‘lim boshlig‘i Elsevar Muhammadiyorova. – Bemorni navbatchi shifokor Husniddin Xoliqulov qabul qilgan. O‘g‘illari o‘sha kuni dadasining qo‘shnisi bilan urishib qolib yiqilganligini aytishgan. Ammo qo‘shnisi urganligini aytmagandi. Yana o‘g‘illarining aytishicha, bemorda qon bosimi kasalligi ham bo‘lgan. Bemor bo‘limga kelgan payt qon bosimi oshgan va hushsiz holatda bo‘lgan. Qolaversa bir tomonda harakat bo‘lmagan. Bu belgilar sekin-asta rivojlanib borgan. Ammo bemorning kasallik tarixiga qo‘shimcha qilib, bemorning peshona sohasida terida qizarish, teri ostida ko‘karish bor deb qayd qilingan”.

    Elsevar Muhammadiyorova.

    Elsevar Muhammadiyorova.
    Foto: “Daryo”

    Bo‘lim boshlig‘ining aytishicha, peshonadagi bu ko‘karish yiqilish tufayli yoki kimningdir ataylab qattiq urgan zarbi natijasida paydo bo‘lgan bo‘lishi mumkin. “Shuning uchun ham bemor vafot etgach, sud ekpertiza qilindi, — deydi Elsevar Muhammadiyorova. – Ammo ekspertiza natijalari bizga qorong‘i”.

    “Shifoxonaga borganimizda xo‘jayinim tinmay qayt qila boshladi, peshob keta boshladi, — deydi Samadullo Temirovning ayoli. – Shunda do‘xtirlardan “nimaga bunday bo‘layapti, ahvollari qanday” deb so‘radim. Xavotir olmang, o‘tib ketadi deyishdi. Sanitarkalar qayt qilib tashlaganini tozalab olishimni aytishdi. Shunda xonani tozalab, kiyimlarini olib uyga qaytdim”.

    “16-dekabr kuni tushga yaqin bemorning farzandlari menga ham xabar berishgach, 2 soatlar o‘tib bo‘limga keldim va bemor holatidan xabar oldim, — deydi shifokor Hamza Mirzayev. – Haqiqatdan ham bemorning ahvoli juda og‘ir edi. Bemorning borgan sari ahvoli og‘irlashib borardi. Qon bosimi oshib ketgandi. Peshona qismida jarohati ham bor edi. Aynan shunga shubha bor edi. Qolaversa, bosh suyak va miya pardasi orasidagi qon tomir yorilishi degan tashxis qo‘ydik va davolay boshladik. Biroq ming taassufki, kechki soat 22:15 da bemorda biologik o‘lim holati yuz berdi. Sun’iy nafas berdik, harakat qildik. Ammo bemorning hayotini asrab qololmadik”.

    Hamza Mirzayev.

    Hamza Mirzayev.
    Foto: “Daryo”

    Shifokor Hamza Mirzayevning aytishicha, bemor vafotidan bir hafta o‘tib, bemorning o‘g‘illari shifokordan otasining bo‘yin tomonida qandaydir chandiq borligini aytib, o‘sha kuni ko‘rgan yoki ko‘rmaganligini so‘rashgan.

    “Bemorning peshonasida jarohati borligini ko‘rgandim, ammo bo‘ynining orqasida hech qanday jarohat yo‘q edi, — deydi Hamza Mirzayev. — O‘limidan so‘ng o‘lik dog‘ paydo bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Odatda bemor vafot etgach, qon yig‘ilib dog‘ paydo bo‘ladi. Bu o‘lik dog‘ deyiladi. Shuni tushuntirishga harakat qildim ularga”.

    Biyraja Shonazarovaning bildirishicha, u uyiga qaytib, ahvoli yomonlashgani bois, qo‘shnisinikiga o‘tib qon bosimini tekshirtirayotgan payt o‘g‘li borib, IIB xodimi so‘rayotganligini bildirgan.

    Ma’lum bo‘lishicha, Biyraja Shonazarovani o‘sha kuni unga kimligini tanishtirmagan IIB xodimi bo‘limga olib ketgan va voqea tafsilotlarini so‘ragan.

    “Melitsa (militsioner — tahririyat izohi)ning savoliga javoban, unga bor voqeani aytdim, — deydi Biyraja Shonazarova. — Qo‘shnimiz bilan bo‘lgan janjalni ham. Shunda melitsa xodimi menga “qo‘shningiz urganini o‘z ko‘zingiz bilan ko‘rdingizmi” dedi. Shunda u kishiga uyimizning yonida urganini ko‘rganimni aytdim. Shunda melitsa menga “Yolg‘on gapirmang, eringiz “Enam” ichib yurar ekan-ku” dedi. Kim aytdi desam o‘g‘lingiz aytdi dedi. Hech qanday dori ichmasdi, “davleniye”si yo‘q edi dedim. Va qizcham bor voqeani o‘z ko‘zi bilan ko‘rganini aytdim. Shunda qizimni olib kelishimni aytishdi. Qizim va meni o‘sha kuni bo‘limda ancha vaqt olib o‘tirishdi. Keyin kechasi 23 larda kelsam o‘g‘lim “dadamdan ajralib qoldik” dedi”.

    “Uyda choy ichib o‘tirgandik, to‘polon boshlangach, ko‘chaga chiqdik, — deydi marhumning qizi Shahzoda Sayfullayeva. – Chiqsam qo‘shnimiz o‘g‘li bilan dadamni va akalarimni urayotgan edi. Shunda qo‘shnimizning o‘g‘li qo‘lida nimadir bilan dadamni urdi. Dadam esa yiqildi”.

    Shahzoda Sayfullayevaning aytishicha, voqeaga ismi tahririyatga ma’lum bo‘lgan qo‘shnilari ham guvoh bo‘lgan.

    “Ammo o‘sha qo‘shnimiz ham bugun jim turishga majbur, — deydi Farruh Temirov. – Chunki ularni ham qo‘rqitgan. U ham ertangi kunini o‘ylaydi. Shuning uchun ko‘rgan narsasi haqida ham lom-lim demayapti”.

    Farruh Temirov.

    Farruh Temirov.
    Foto: “Daryo”

    Marhumning o‘g‘illari shuncha paytgacha jim yurishganining sababi qo‘shnisi va uning o‘g‘lidan qo‘rqqanini aytmoqda. “Agar kimgadir da’vo qilsang, otangni kunini boshingga solaman deyishadi”, — deydi Farruh Temirov.

    Marhum yaqinlarining iddaosiga ko‘ra, har ikkala oilaning azaldan bir biriga adovati bo‘lgan. “Farruh o‘g‘lim va qo‘shnimizning o‘g‘li sinfdosh bo‘lgan. Bundan 10 yil ilgari ularning o‘rtasida nizo chiqqandi. Shundan beri o‘g‘limni tinch qo‘ymaydi. Har safar kaltaklaydi. Ammo bu haqda biror marta ham melitsaga xabar qilay demabman-da”.

    “Har ikkala oila ham juda tartibli oila, — deydi Nartichuqur mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Mamarajab Murodov. – Har ikki oila ham o‘ziga to‘q. Yaxshi ishli. Ularning oila a’zolari ustidan ham hech qachon shikoyat tushmagan. O‘sha kuni viloyat televideniyesida ham bu haqda aytgandim. O‘sha 16-dekabr kuni ham har ikki oila o‘rtasidagi tortishuv og‘zaki bo‘lgan ekan”.

    Samadovlar oilasining aytishicha, oila boshlig‘ining vafot etganiga qariyb ikki oy bo‘lgan bo‘lsa-da, na tuman IIB, na tuman prokuraturasi ularni chaqirtirmagan. Ish bilan shug‘ullanmagan.

    “Tuman prokuraturasi tergovchisi Hasan Qurbonovning aytishicha, ish ma’muriy sudga o‘tibdi, — deydi marhumning o‘g‘li Farruh Temirov. – Dadam o‘layaptiyu, ish ma’muriy sudga o‘tyapti. Bu qanaqasi axir?”

    Farruh va Eldor Temirovlarning aytishicha, otasi shifoxonada davolanayotgan payt tuman IIB tergovchisi Nodir Murodov ularga do‘q-po‘pisa qilib, “dori olib borishimiz kerak, dadamizning ahvoli sal yaxshilansin keyin aytib beramiz” deyishlariga qaramasdan “hoziroq nima bo‘lganini aytasan” deb baqirgan. “Shunda qo‘rqqanimizdan tergovchiga otamizni ko‘chadan topib oldik deb, tergovchi yozgan ma’lumotnomaga qo‘l qo‘yib berdik, — deydi marhumning o‘g‘illari. – Ammo birov kelib, qaysi ko‘chadan topding, qay holatda topding, yur o‘sha joyni ko‘rsat-chi deb so‘ramadi. Yopilgan qozon yopiqligicha qolib ketmoqda”.

    Farruh Temirovning ma’lumot berishicha, u tuman prokurori Ulug‘bek Ergashev qabulida ham bo‘lib, ish juda orqaga surilayotganiga e’tiroz bildirgan. “Shunda prokuror “Men dadangni o‘limida jinoyat izlarini ko‘rmayapman, dadangning qon bosimi bor ekan-ku” dedi. Shunda men prokurorga “Qon bosimi-ku yo‘q ediyu, ammo bo‘lgan taqdirda ham qon bosimi bor odam urilsin deb qayerda yozilgan” dedim. Prokuror savolimga javob berishga majbur emasligini aytdi. Qayta ekspertiza qilib, tekshiruv o‘tkazishlari kerakligini aytganimda “Bekorchimanmi senga” deya baqira ketdi”.

    Murojaatchilarning iddaosi qanchalik to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligini bilish maqsadida Koson tuman prokuraturasida bo‘ldik. Dastlab tergovchi Hasan Qurbonovga uchrashib, voqea haqida rasmiy izoh so‘radik. Hasan Qurbonov bizga hech qanday ma’lumot berolmasligini aytib, prokuror yordamchisi Sherzod Egamberdiyevga yuzlashtirdi. Prokuror o‘rinbosari esa bu xususda ma’lumot olish uchun yozma ravishda murojaat qilishimiz lozimligini aytdi. Mutasaddiga “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonunda murojaatlar og‘zaki, yozma va elektron shaklda qabul qilinishini, yozma murojaat shart degani joyi yo‘q ekanligini tushuntirishga urinmaylik, bari befoyda bo‘ldi. Mutasaddilar rasmiy ma’lumot berishdan bosh tortishdi. Viloyat prokuraturasining matbuot xizmati bilan bog‘lanish uchun qilgan harakatlarimiz ham samara bermadi.

    Respublika Sog‘liqni saqlash vazirligi, Qashqadaryo viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi respublika sud tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi Qashqadaryo filialining qayta va komission ekspertizalar bo‘limi mudiri Jamolxon Badalov 2018-yil 16-dekabr kuni kechasi marhum Temirov Samadulloning jasadi ekspertiza qilinganligini tasdiqladi. Ammo bu tergov siri bo‘lganligi sababli ekspertiza natijasini oshkor qilolmasligini bildirdi.

    Bosh prokuratura “Daryo” tahririyatining og‘zaki so‘roviga javoban kosonlik Samadullo Temirov o‘limi bilan bog‘liq ish Bosh prokuratura nazoratida ekanligini ma’lum qilgan.

    O‘ylaymizki, ochiq qolayotgan savollarga tez orada javob topiladi.

    06.02.2019, 15:50   Izoh (0)   66847
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda hujjati bo‘lmagan 10 ming nafar bola aniqlandi

    06.02.2019, 15:42

    20 yildan oshiq Afg‘oniston va Pokistondagi lagerlarda bo‘lgan xorazmlik ayol O‘zbekistonga qaytdi

    06.02.2019, 15:02

    40 nafar o‘zbekistonlik Qozog‘istonda muzlab qolishiga oz qoldi

    06.02.2019, 15:00

    Qashqadaryoda uyining yerto‘lasida 5,5 kg marixuana saqlayotgan shaxs qo‘lga olindi

    06.02.2019, 14:19

    Bosh prokuratura sobiq deputat Olimjon To‘xtanazarov ishi yuzasidan izoh berdi

    06.02.2019, 14:03

    Sankt-Peterburgdagi oliygohda o‘zbekistonlik talaba tomdan muz bo‘lagi tushishi oqibatida vafot etdi

    06.02.2019, 12:16
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    TezQR InfinBANK orqali Amirsoydagi shalelarga eshiklarni ochadi


    Ucell: Ustyurt platosining asosiy yo‘l bo‘linmalarida mobil aloqa


    Uzbekistan Airways Islomobodga parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Hyundai Uzbekistan sizni Before Service tadbiriga taklif etadi


    “Trastbank”dan kichik biznes egalari uchun 500 mln so‘mgacha kredit!


    TENET: Sodiq Azimov ko‘chasidagi Stellar Residence premium rezidensiyalari galereyasi


    M-Clinic’da UZD bo‘yicha yetakchi mutaxassislar ishtirokida birinchi telemeditsina maslahati o‘tkazildi 


    Jahon banki O‘zbekistonda elektr taʼminotini yaxshilash uchun 100 mln dollar ajratdi


    Biznesni rivojlantirish banki Londonda kelishuvlarga erishdi


    APEX BANK Markaziy savdo ofisi va Bosh ofisini ochishga tayyorgarlik ko‘rmoqda: yangi ko‘lam, yangi imkoniyatlar


    “A.M. Best Company” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytinglarini “Barqaror” prognoz bilan “b”/“bb” darajasida tasdiqladi


    Central Asian University ta’lim va tibbiyot yangi ekotizimiga 350 million dollarlik sarmoya kiritmoqda


    Nega aynan bugun farzandingizga sarmoya kiritish muhim ahamiyatga ega?


    Silk Avia kattalarsiz sayohat qilayotgan bolalarga hamrohlik qilish xizmatini taklif etadi 


    “O‘zbekinvest” Italiya va Ispaniya sug‘urta kompaniyalari bilan hamkorlik bitimlarini imzoladi

     

    Tavsiya etamiz

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10

    “Lend-Liz” yordami sovg‘a bo‘lmagan — Britaniya ikkinchi jahon urushida berilgan yordamni qanday qaytargan edi?

    19 may, 15:00

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan birga Budapeshtga yetib bordi (foto)

    O‘zbekiston | 20 may, 00:04

    Toshkentda 1,6 mlrd so‘mlik “svet”ni talon-taroj qilgan boshqaruv servis kompaniyasi aniqlandi

    O‘zbekiston | 19 may, 23:45

    “Rossiya va Ukraina darhol o‘t ochishni to‘xtatish masalasini muhokama qilishni boshlaydi” — Tramp

    Dunyo | 19 may, 23:25

    Toksikomaniya nimasi bilan xavfli: nega aynan bolalar va o‘smirlar uning tuzog‘iga ilinmoqda? (video)

    O‘zbekiston | 19 may, 23:20

    O‘zbekistonda eski liftlarni yangilash uchun 850 mlrd so‘mdan ziyod mablag‘ ajratiladi

    O‘zbekiston | 19 may, 23:10

    “Daryo” dayjesti: 19-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 19 may, 22:55

    Putin va Tramp telefon orqali suhbatlashdi. Muloqot ikki soatdan ortiq davom etdi

    Dunyo | 19 may, 22:46

    Rossiyada oilaviy zo‘ravonlik qurboni bo‘lgan ayol va uning uch nafar farzandi O‘zbekistonga qaytarildi

    O‘zbekiston | 19 may, 22:40

    Kambag‘allarga ko‘mak beradi, ammo orzusiga yeta olmaydi: 70 yoshli aktyor Chou Yunfat hozirda qanday ko‘rinishda?

    Kino | 19 may, 22:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.