Donald Tramp Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In bilan 27—28-fevral kunlari Vyetnamda uchrashadi. Bu haqda AQSh prezidenti jurnalistlar bilan muloqotda aytgan, deya xabar beradi “Korrespondent.net”.
“Kongressdagi chiqishimda bu haqda rasman e’lon qilaman”, — deya ta’kidlagan Tramp.
Ma’lumot uchun, AQSh prezidenti 6-fevral kuni mamlakatdagi holat yuzasidan Kongress oldida chiqish qiladi.
Izoh (0)