Elektr energiyasi va tabiiy gaz yetkazib berish hamda iste’mol qilish sohasida to‘lov intizomini yanada mustahkamlash, shuningdek, ijro ishi yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Prezident farmoniga o‘zgartirish kiritildi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali ma’lum qildi.
Kiritilgan o‘zgartirishlarga muvofiq, iste’molchilarga energiya yetkazib berish 50 foizlik oldindan haq to‘lash asosida ham amalga oshiriladi. Ilgari energiya faqat 100 foizlik oldindan haq to‘langanida yetkazib berilgan.
50 foizlik haq to‘laydigan iste’molchilar tomonidan oy oxirigacha yakuniy haq to‘lanmaganda, ularga nisbatan elektr va gazdan to‘liq uzishgacha bo‘lgan choralar ko‘riladi.
Izoh (0)