Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

2018-yilda O‘zbekiston notarial idoralarida 219 ta nikoh shartnomasi tuzilgan. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lumotlariga tayanib, “Novosti Uzbekistana” xabar bermoqda.

Foto: “Novosti Uzbekistana”

Foto: “Novosti Uzbekistana”

Nikoh shartnomasini notarial tasdiqlash uchun davlat bojining bekor qilinishi bunday harakatlarning oshishiga sabab bo‘ldi.

Afsuski, barcha oilalar ham birgalikdagi hayotini saqlab qola olmaydi. “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi vakili, huquqshunos Gulnora Eshonxonova xalqaro tajribaga tayanib, aynan yuqoridagi holatlar uchun nikoh shartnomasi institutini ommalashtirish zarur deb hisoblaydi.

Chunki nikoh bekor qilingandan so‘ng oilalar mol-mulkni taqsimlash muammosiga duch keladi va ularga hech narsasiz qolish tahdid qiladi. Aksariyat hollarda farzandlari bilan yolg‘iz qolgan va ularni boqish imkoniyatiga ega bo‘lmagan ayollar ana shunday muammolar bilan turli instansiyalarga murojaat qiladi.

“Oila kodeksining nikoh shartnomasiga oid me’yorlarini qayta ko‘rib chiqish zarur. Ehtimol, nikoh shartnomasi tuzishni majburiy qilib belgilash yo‘lidan borish mantiqiy yechim bo‘lar. Unda nafaqat er-xotinning mulkka oid huquqlari, balki nikohdagi farzandlarni boqish va tarbiyalash bo‘yicha majburiyatlar ham kelishilishi lozim”, — deydi Gulnora Eshonxonova.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Turkiyada zilzila qurbonlari soni 3 mingga yaqinlashdi, yangi silkinishlar qayd etildi
Shou-biznes
Gollivudning har qanday rolni maromiga yetkazib ijo etadigan aktyor va aktrisalari (foto) 
Mahalliy
Namangandagi uyda gaz portlab, 4 kishi tan jarohati oldi