IIV tezkor xodimlari tomonidan 30-yanvar kuni o‘tkazilgan tadbirda Toshkent xalqaro aeroporti orqali Istanbulga ikki ayolning shahvoniy maqsadlarda foydalanish uchun yuborayotgan jinoiy guruhning ikki a’zosi qo‘lga olindi. Bu haqda IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.
Jinoiy guruh a’zolari Istanbulda qo‘shmachilik bilan shug‘ullanuvchi o‘zbekistonlik ayol bilan oldindan til biriktirib, uning ko‘magida aviachiptalar sotib olgan. Ular Istanbulga yuborilayotgan ayollarga avvaliga 1500 AQSh dollari ishlab berish sharti bilan kelishadi.
“Daliliy ashyolar bilan qo‘lga olingan 1983-yilda tug‘ilgan Q.A. va 1985-yilda tug‘ilgan U.M. ismli ayolga nisbatan tegishli hujjatlar rasmiylashtirildi”, — deyiladi IIV axborotida.