O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Zoologiya instituti delegatsiyasi 14-yanvardan 22-yanvarga qadar Xitoy Xalq Respublikasi Zoologiya institutiga tashrif buyurdi, deb yozadi “Podrobno.uz”.
Delegatsiya tashrif davomida XXR Zoologiya instituti ilmiy faoliyati bilan yaqindan tanishdi, Zoologiya muzeyi, Nankay universiteti va institut qoshidagi Entomologiya institutiga tashrif buyurdi.
Shu bilan birga hayvonot olamining xilma-xilligi bo‘yicha birgalikdagi tadqiqotlar va ikki tomonlama hamkorlikning istiqbollari muhokama etildi.
Shuningdek, termitlarga qarshi kurashish muammosi ustida ish olib boruvchi Shanxay tashkiloti bilan muzokaralar o‘tkazildi.
Tashrif davomida hamkorlikning ilmiy yo‘nalishlari bo‘yicha Memorandum loyihasi ko‘rib chiqildi.
Izoh (0)