Angliyaning “Lester” va Fransiyaning “Monako” klublari qishki transferlar oynasining so‘nggi kunida o‘zaro futbolchi almashdi.
Kelishuvga ko‘ra, Yuri Tilemans mavsumning qolgan qismini “Lester”da, Adriyen Silva esa “Monako”da o‘tkazadi.
Futbolchilar bilan kelishuv mavsum oxiriga qadar mo‘ljallangan, ijara muddati uzaytirilishi haqida biror ma’lumot berilmagan.
Joriy mavsumda 21 yoshli Tilemans Fransiya chempionatida 20 ta uchrashuvda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 1 ta golga uzatma berdi.
Silva esa Angliya chempionatida faqat 2 ta bahsda maydonga tushib, 88 daqiqa o‘ynadi, xolos.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)