Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Bugungi kunda Tashkent City xalqaro ishbilarmonlik markazi obyektlarini qurishda 2000 dan ziyod kishi ishtirok etmoqda. Bu haqda bugun, 31-yanvar kuni Tashkent city xalqaro ishbilarmonlik markazida OAV xodimlari uchun tashkil etilgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi, deb xabar berdi “Daryo” muxbiri Sevara Nishonova.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Tashkent city xalqaro ishbilarmonlik markazi qurilishi bo‘yicha direksiya boshlig‘i Sherzod Hidoyatovning ma’lum qilishicha, qurilishda mehnat qilayotgan ishchilarga barcha shart-sharoitlar yaratilgan.

“So‘nggi yillar ichida chet ellarga ishlash uchun chiqib ketgan Vataniga, oilasi bag‘riga qaytib, Tashkent City obyektlarida mehnat faoliyatini olib bormoqda. Quruvchilarga oylik ish haqi mutaxassislik va malakadan kelib chiqib 1,4—2,5 million so‘mni tashkil etmoqda. Shuningdek, yuqori malakali xodimlarga sakkiz milliongacha maosh to‘lanmoqda.

Bu yerda uch mahal tekin ovqat beriladi, qiymati 200 ming so‘mga teng oylik oziq-ovqat paketi berish ko‘zda tutilgan. Mehnat qonunchiligi talablari doirasida ish vaqti rejimi ikki smenada tashkil etilgan. Kechki smenada ishlovchi xodimlarga ham bepul ovqat beriladi. Xodimlar obyekt hududida barpo etilgan va maxsus jihozlangan binolarda yashaydi. Ular issiq va sovuq suv, isitish va sovutish tizimiga ulangan”, — Sherzod Hidoyatov.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Hududgazta’minot” aholini gazdan oqilona foydalanishga chaqirdi
Mahalliy
“Kimdir javob berishi, kimdir qusishi kerak” — faollar gaz va elektr muammosi sababchilariga jazo so‘ramoqda
Mahalliy
Toshkent viloyatida er-xotin va ularning uch oylik chaqalog‘i is gazidan vafot etdi