“Bavariya” klubi hujumchisi Sandro Vagner jamoani tark etdi. Bu haqda Myunxen klubining rasmiy saytida xabar berildi.
“Bavariya” klubi futbolchining Xitoy klubi “Tyanszin Teda”ga o‘tganini e’lon qildi.
“Sandro bizga transfer so‘rovini yubordi. U Xitoydan ajoyib taklif tushganini aytdi. Uning shartlariga rozi bo‘ldik.
Myunxenda o‘tkazgan davrlari uchun unga minnatdorchilik bildiramiz va Xitoyda omad tilaymiz”, — dedi “Bavariya” sport direktori Hasan Salihamijich.
Avvalroq xitoyliklar Vagner uchun 5 million yevro taklif qilgandi, ammo “Bavariya” rahbariyati bunga rozi bo‘lmagandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)