IIV “Faxriy fuqaro” unvonini ta’sis etish hamda uni xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga berish haqidagi qonun loyihasini chop etdi, deb yozadi UzNews.
Qonun loyihasida mazkur unvon xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni rag‘batlantirish, O‘zbekiston oldidagi xizmatlari uchun minnatdorlik bildirish shakli ekanligi ta’kidlanadi.
Unvonni berish uchun quyidagilar asos bo‘ladi:
- Iqtisodiyot, ilm-fan, madaniyat va san’at, ta’lim, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy sohalarni rivojlantirishga katta hissa qo‘shish;
- o‘zbek xalqining ma’naviy-madaniy merosini saqlash uchun shaxsiy hissasini qo‘shish va xayriya faoliyati;
- O‘zbekistonning dunyodagi nufuzini oshirish uchun ijtimoiy e’tirof etilgan hissa qo‘shish;
- O‘zbekiston hududida xo‘jalik jamiyatlarining aksiyalari va ulushini xarid qilish, shuningdek, O‘zbekiston hududida xorijiy korxonalarni tashkil etish shaklida EKIHning 40 000 barobaridan kam bo‘lmagan miqdorda investitsiya kiritish.
Izoh (0)