Toshkent shahar davlat soliq xizmati organlari xodimlari tomonidan savdo tushumlarini aniqlash bo‘yicha monitoring tadbirlari o‘tkazilmoqda. Bu haqda Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
O‘tkazilgan monitoring jarayonida Toshkentning O‘rikzor, Chilonzor buyum bozori, Qatortol savdo kompleksi va Chorsu bozorlarida 127 holatda to‘lov terminallaridan foydalanmaslik, 104 holatda nazorat kassa mashinalarini ishlatmaslik, 77 holatda hujjatsiz faoliyat yuritayotganligi va 3 holatda iste’molchilarga sifatsiz mahsulotlar sotilayotganligi aniqlangan.
Monitoring davomida naqd pul tushumlarini bank kassalariga topshirmaslik, nazorat kassa mashinasini nosoz holatga keltirish, fiskal xotiradagi ma’lumotlarni qasddan o‘zgartirish, nazorat kassa mashinalarini yo‘qotish orqali tovar aylanmalari to‘g‘risidagi ma’lumotnomalarni soxtalashtirish qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikka sabab bo‘lishi tushuntirilgan.
Izoh (0)