21-yanvar kuni Belvyu saroyida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni Germaniya federativ respublikasi prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer kutib oldi, deb xabar berdi Prezident matbuot xizmati.
Davlat rahbari faxriy mehmonlar kitobiga imzo qo‘ydi.
Oliy martabali mehmonni rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi. O‘zbekiston Prezidenti sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. O‘zbekiston va Germaniya davlat madhiyalari yangradi. Prezidentlar faxriy qorovul safi oldidan o‘tdi.
Muzokara avvalida Shavkat Mirziyoyev Frank-Valter Shtaynmayerni joriy yilning may oyida nishonlanadigan Germaniya federativ respublikasi tashkil topganining 70 yilligi bilan tabrikladi.
Izoh (0)