20-yanvar, yakshanba kuni futbol bo‘yicha Osiyo Kubogining nimchorak final bahslari boshlandi.

Foto: Twitter

Musobaqaning 1/8 finali ikkinchi uchrashuvida Xitoy terma jamoasi Tailand termasiga qarshi maydonga tushdi.

O‘yinning 31-daqiqasida burchak zarbasidan boshlangan hujum gol bilan yakunlandi. Supachai Jaided Thitipan Puangchan uzatgan to‘pni Xitoy darvozasiga kiritdi. Birinchi bo‘lim Tailand foydasiga yakunlandi.

2-bo‘limning 67-daqiqasida esa Xitoy terma jamoasi a’zosi Syao Ji raqib darvozabonidan qaytgan to‘pni qabul qilib, gol urdi va hisobni tenglashtirdi (1:1). Oradan 4 daqiqa o‘tib, xitoylik futbolchi Gao Lin penaltidan Tailand darvozasini ishg‘ol qildi (2:1) va terma jamoasini keyingi bosqichga olib chiqdi.

Ma’lumot uchun, Xitoy endi Eron—Ummon o‘yini g‘olibi bilan chorak finalda kurashadi.

Osiyo Kubogi—2019

1/8 final bahslari

20-yanvar, yakshanba

Tailand—Xitoy 1:2

Gollar: 1:0 — 31 Jaided, 1:1 — 67 Syao Ji, 1:2 — 71 Gao Lin.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!