Hindistonning Gujarat shtatida 18—20-yanvar kunlari bo‘lib o‘tadigan “Jo‘shqin Gujarat” IX xalqaro investitsiya sammitiga katta tayyorgarlik ko‘rilgan. Bu haqda O‘zA fotoreportajida hikoya qilinadi.
Gandinagar shahrining “Mahatma Mandir“ anjumanlar saroyida o‘tkaziladigan sammitga Avstraliya, Kanada, Fransiya, Yaponiya, Norvegiya, Niderlandiya, Polsha, Janubiy Afrika Respublikasi, Koreya Respublikasi, Tailand, BAA kabi davlatlardan 20 mingga yaqin kishi kelishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, mazkur sammitda Prezident Shavkat Mirziyoyev ham ishtirok etadi.
Izoh (0)