Toshkent metropolitenida ilk marta sinov tariqasida bepul Wi-Fi ishga tushirildi, deb xabar berdi UzNews.
Ayni paytda tajriba-sinov tariqasida Alisher Navoiy va Paxtakor metrostansiyalarida jamoat Wi-Fi qurilmalari ishlamoqda.
“Bu ikki stansiya odamlar eng gavjum bo‘ladigan nuqta hisoblanadi. Hozirgacha bir paytning o‘zida 500 ga yaqin foydalanuvchi tarmoqqa ulangani qayd etildi. Foydalanuvchi Wi-Fi ulanishi bilan, bizning media portalimizga tashrif buyurish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Unda turli ko‘ngilochar dasturlar, onlayn TV, film, musiqa va videoklip, kitoblarni yuklab olish yoxud ulardan foydalanish imkoniyati bo‘ladi”, – deyiladi Metrotelecom TM kompaniyasi xabarida.
Kelgusida bepul Wi-Fi metroning barcha stansiyalarida ishga tushirilishi rejalashtirilgan.
Izoh (0)