Qashqadaryo sinov va sertifikatlashtirish markazining “Fizik-kimyo” sinov laboratoriyasi Turkiyaning “TURKAK” idorasi tomonidan xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazildi. Bu haqda Qashqadaryo sinov va sertifikatlashtirish markazi matbuot xizmati xabar berdi.
Bu Respublika korxonalarida ishlab chiqarilayotgan oziq-ovqat mahsulotlarining xalqaro me’yor talablariga javob berishiga va uning raqobatbardoshligini ta’minlashga yordam beradi.
Endilikda ushbu laboratoriyada barcha turdagi meva-sabzavot, qishloq xo‘jaligi va ziravor mahsulotlarni sinash bo‘yicha 7 ta xalqaro sinov usullari joriy etiladi.
Izoh (0)