O‘zbekiston terma jamoasi hamda Toshkentning “Lokomotiv” klubi yarim himoyachisi Sardor Rashidov faoliyatini Portugaliyaning “Nasional” klubi safida davom ettiradi. Bu haqda “temiryo‘lchilar” matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: “Lokomotiv”

Sardor o‘tgan mavsumda “temiryo‘lchilar” safida 31 ta o‘yinda maydonga tushdi va 11 gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, “Nasional” klubi ayni damda Portugaliya chempionatida 17-turdan so‘ng (5 ta g‘alaba, 4 ta durang, 8 ta mag‘lubiyat) 19 ochko jamg‘arib, 12-o‘rinda bormoqda.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!