Toshkent Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi va poytaxt IIBB yong‘in xavfsizligi boshqarmasi yillik tajriba davrida birgalikda ishlash uchun birlashadi. Bu haqda O‘zbekiston FVV ma’lum qildi, deb yozadi “Gazeta.uz”.
10-yanvar kuni bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida Prezident Shavkat Mirziyoyev keyingi vaqtlarda mamlakatning turli viloyatlarida is gazidan zaharlanish holatlari ko‘payganligini ta’kidladi.
Davlat rahbari bir oy ichida Toshkent Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi va Favqulodda vaziyatlar boshqarmasini tajriba sifatida birlashtirish bo‘yicha hujjat loyihasini ishlab chiqish va boshqaruvning butunlay yangi tizimini ishlab chiqishni yukladi.
11-yanvar, juma kuni YXB va FVB bo‘linmalarining ikki boshqarmani birlashtirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni yaratishga bag‘ishlangan majlisi bo‘lib o‘tdi.
“Qaror Yong‘in xavfsizligi bosh boshqarmasi FVVga o‘tishini anglatmaydi. Mazkur tizim yil davomida sinovdan o‘tkaziladi”, — deya ta’kidladi FVV matbuot xizmati.
Izoh (0)