11-yanvar kuni Moskva g‘arbidagi 1329-maktabdan 180 dan ortiq o‘quvchi va 35 nafar xodim evakuatsiya qilindi, bunga maktab yo‘lagida kelib chiqqan yong‘in sabab bo‘lgan, deb yozadi “RIA Novosti”. Yong‘in sabablari o‘rganilmoqda.

Foto: “RIA Novosti”

Ma’lum qilinishicha, binodagi xonalardan birida xo‘jalik inventari yonib ketgan. 10 kvadrat metr maydonni egallagan yong‘in bartaraf etilgan.

Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan.