Yamanda al-Anad harbiy havo bazasida bo‘lib o‘tgan harbiy paradga qilingan hujumlar natijasida yamanlik olti nafar harbiy halok bo‘ldi va 14 kishi jarohatlandi. Bu haqda Sputnik xabar berdi.
Husiy jangovar guruhi tomonidan o‘tkazilgan uchuvchisiz samolyot hujumidan Lahij hokimi Ahmad Abdulloh Turkiy va boshqa harbiy qo‘mondonlar ham yaralangan.
Husiylarning uchuvchisiz samolyoti al-Anad harbiy havo bazasida “bosqinchi” va “yollanma jangchi”larni mo‘ljalga olgan, deyiladi xabarda.
Lahij hokimi ma’muriyatidagi manbaga ko‘ra, hujumda Yaman shtab boshlig‘i Abdulloh Naxi, uning muovini Solih Zindoniy va mamlakatning harbiy razvedkasi rahbari Muhammad Tamah jarohat olgan.
Yaman uzoq vaqtdan buyon xalqaro hamjamiyat tomonidan qo‘llab-quvvatlangan hukumat va Husiy jangarilari o‘rtasida urush holatida bo‘lgan.
Izoh (0)