8-yanvar kuni Qonunchilik palatasining yalpi majlisida deputatlar Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamentiga yangi qo‘shimcha kiritish haqida qaror qabul qildi. Bu haqda Oliy Majlis deputati Rasul Kusherbayev ma’lum qildi.
Ma’lum bo‘lishicha, kiritilgan yangi 250-moddaga ko‘ra korxona, tashkilot va muassasalarning yozma murojaatlari asosida Qonunchilik palatasida jamoaviy ekskursiyalar tashkil qilinishi mumkin. Qonunchilik palatasi majlislarini o‘tkazish tartibi bilan tanishtirish uchun tashrif buyuruvchilar uning ochiq majlislarida ham ishtirok etishlari mumkin.
Biroq, tashrif buyuruvchilar Qonunchilik palatasi faoliyatiga aralashish huquqiga ega bo‘lmaydi, deputatlar ishini ma’qullash yoki ma’qullamaslikdan saqlanishlari, o‘rnatilgan tartibga rioya etishlari shart bo‘ladi.
Qonunchilik palatasiga uyushtirilib kelingan jamoaviy ekskursiyalar huquqiy jihatdan mustahkamlab qo‘yilmagandi.
Izoh (0)