Yuzlab nemis siyosatchilarining akkauntlarini buzgan xaker maktab o‘quvchisi bo‘lib chiqdi. U ota-onasi bilan Gessen yerining markaziy qismida yashaydi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
Frankfurt bosh prokurorining ma’lum qilishicha, yigit 20 yoshda va u maktabga boradi. Avvalroq bosh prokuratura 20 yoshli Germaniya fuqarosi 2018-yilning dekabr oyidan boshlab Twitter’da siyosatchilar, jurnalistlar va jamoat arboblariga tegishli shaxsiy ma’lumotlarni tarqatganlikda gumonlanayotganini ma’lum qilgan.
Yigit so‘roq qilingan va uyiga qo‘yib yuborilgan. Bosh prokurorning so‘zlariga ko‘ra, yigit o‘z harakatlari yuzasidan qo‘shimcha ma’lumotlar taqdim etgan va o‘z aybini to‘liq tan olgan hamda tergovga yordam bergan. Yigitning nima uchun bu ishlarni amalga oshirgani hali to‘liq aniqlanmagan.
Izoh (0)