Toshkentda O‘zbekiston ekologik partiyasining ta’sis syezdi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Syezdda O‘zbekiston ekologik partiyasini ta’sis etish bo‘yicha qaror qabul qilindi. Partiyaning Markaziy Kengashi a’zolari, Nazorat-taftish komissiyasi a’zolari saylab olindi.
Delegatlar tomonidan bildirilgan taklif va tavsiyalar asosida O‘zbekiston ekologik partiyasi ustavi va dasturi loyihalari hamda syezdda ko‘rib chiqilgan boshqa masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.
Shu kunning o‘zida O‘zbekiston ekologik partiyasi Markaziy Kengashi plenumi ham bo‘lib o‘tdi. Plenumda qator tashkiliy masalalar ko‘rib chiqildi. O‘zbekiston ekologik partiyasi Markaziy kengashi ijroiya qo‘mitasi a’zolari, uning raisi va rais o‘rinbosarlari ham saylandi. Partiyaning ramzlari tasdiqlandi.
Izoh (0)