Mahsulotlar, xomashyo va materiallar asosiy turlarining yiriklashtirilgan moddiy balanslarini ishlab chiqish to‘g‘risida Prezident farmoyishi qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” Telegram kanali xabar berdi.
Farmoyishga muvofiq, 2019-yildan iqtisodiyotda davlatning ulushini bosqichma-bosqich qisqartirish maqsadida bir nechta tartiblar belgilab berildi. Xususan moddiy balanslarni tasdiqlash tartibi yangi meva-sabzavot mahsulotlarini xarid qilish va foydalanishga davlat buyurtmasi, o‘simlik yog‘i, o‘simliklarni himoya qilish kimyoviy vositalari, ikkilamchi alyuminiy resurslari, paxta chigiti shroti, metall molibdeni va volfram ishlab chiqarish va iste’mol qilish uchun bekor qilindi.
Shuningdek, Prezidentning ayrim turdagi mahsulotlar, xomashyo va materiallarning moddiy balanslarini tasdiqlash vakolati hukumatga o‘tkazildi.
Hukumatning qora metall prokati, metall ruxi, sulfat kislotasi, polietilen, polipropilen, paxta momig‘i, rangli metall parchalari va chiqindilarni ishlab chiqarish, iste’mol qilish hamda yetkazib berish prognozini tasdiqlash vakolati Iqtisodiyot vazirligiga o‘tkazildi.
Izoh (0)