Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Farg‘ona viloyati IIB Qo‘qon shahri markazidagi bayram archasi yonib ketishi sabablariga oydinlik kiritdi.

Foto: Farg‘ona viloyati IIB

Foto: Farg‘ona viloyati IIB

Viloyat IIB matbuot xizmatining “Daryo”ga bildirishicha, joriy yilning 5-yanvar kuni soat 17:15 atrofida Yangi Chorsu ko‘chasida joylashgan Qo‘qon musiqali drama teatri oldiga o‘rnatilgan bayramarchasida yong‘in kelib chiqqan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in qisqa tutashuv oqibatida yuz bergan.

Yong‘in sodir bo‘lgan vaqtda archa atrofida ichki ishlar organlari va Milliy gvardiya xodimlari jamoat tartibini saqlash bo‘yicha xizmat olib borayotgan edi. Shu sababli yong‘indan hech kim jabr ko‘rmagan. Hodisa yong‘in xavfsizligi xodimlari tomonidan o‘z vaqtida bartaraf etilgan.

Hozirda bayram archasini tiklash ishlari olib borilmoqda.

Viloyat IIB Telegram’dagi ayrim kanallarda tarqatilgan “Archani yoqib ketishdi” mazmunidagi xabarlar asossiz ekanligini ma’lum qildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
Tata Steel Chess 2023. Nodirbek Abdusattorov amerikalik raqibi bilan durang o‘ynadi va hamon musobaqa peshqadami bo‘lib turibdi. Javohir Sindorovda ham durang
Mahalliy
Surxondaryodan topilgan ayiq bolasi zooparkka topshirildi
Mahalliy
O‘zbek tili darsligida musiqa asboblari nomi xato yozilgani aytildi (video)