Finiks (Arizona markazi) politsiyasi Hacienda HealthCare klinikasida nomusga tegish ehtimoli yuzasidan jinoyat ishi surishtiruvini boshladi. Bu haqda mahalliy telekanalga asoslanib, TJournal xabar bermoqda.
Surishtiruv 14 yildan buyon vegetativ holatda bo‘lgan, oxirgi yillarda klinikada yotgan ayol 2018-yilning 29-dekabrida kutilmaganda ko‘z yorgandan so‘ng boshlandi.
Bunday holatda inson tirik bo‘lsa-da, qayerda ekanligini anglay olmaydi yoki atrofda bo‘layotgan hodisalarga munosabat bildira olmaydi.
Klinika xodimlaridan hech biri tug‘гruq jarayoni boshlangunga qadar bemordagi homiladorlik holatidan xabardor bo‘lmagan.
Gumonlanuvchi kim ekanligi noma’lum — bemorning ahvoli og‘ir bo‘lganligi sababli unga ko‘pchilik kishilar qaragan. Bemor dunyoga keltirgan o‘g‘il bola sog‘lom ekanligi ma’lum qilinmoqda.
Izoh (0)