“Liverpul”ning bir yo‘la ikki futbolchisi “Bornmut” klubi a’zosiga aylandi. Bu haqda “Bornmut” klubi rasmiy sayti xabar berdi.
Angliya yoshlar terma jamoasi hujumchisi Dominik Solanke 19 million funt sterling evaziga “Bornmut” safiga qo‘shildi.
Ushbu mavsumda 21 yoshli Solanke “Liverpul” safida birorta uchrashuvda maydonga tushmadi.
Solanke “Chelsi” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2017-yilning yozida u “Liverpul” tarkibiga kelib qo‘shilgan va APLning 21 ta o‘yinida maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 2 ta golga assistentlik qildi.
Shuningdek, himoyachi Nataniel Klayn ham “Bornmut” a’zosiga aylandi. Faqat Klayn mavsum so‘ngiga qadar ijaraga berildi. 27 yoshli himoyachi joriy mavsum “Liverpul” safida atigi 5 ta o‘yinda maydonga tushdi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)