3-yanvar, payshanba kuni futbol bo‘yicha Angliya premyer ligasi 21-turi doirasida “Manchester Siti” o‘z maydonida “Liverpul”ni qabul qilib, 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Bu Xosep Gvardiola uchun “shaharliklar” bosh murabbiyligi davridagi 100-g‘alaba bo‘ldi.
47 yoshli mutaxassis 2016-yil yozidan buyon “Siti”ni boshqarib kelmoqda. Bundan tashqari Gvardiola hisobida “Barselona” boshqaruvida 179 ta va “Bavariya” murabbiyligi davrida qo‘lga kiritilgan 121 ta g‘alaba mavjud.
Premyer liga doirasidagi 21-tur bahslaridan so‘ng “Manchester Siti” musobaqa jadvalida 2-pog‘onaga ko‘tarilib, “Liverpul” bilan oradagi farq 4 ochkogacha qisqartirib oldi.
Eslatib o‘tish joiz, Yurgen Klopp boshqaruvidagi “Liverpul” ushbu mavsumda “Siti” bilan o‘yinga qadar APLda biror marta ham mag‘lub bo‘lmagan edi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)