AQShning Florida shtatidagi Melburn shahridagi hayvonot bog‘ida bola karkidon saqlanadigan volerga tushib ketdi va shoxdan zarba olish oqibatida jabrlandi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
Bola hayvonot bog‘iga tashrif buyuruvchilar hayvonlarni silashi mumkin bo‘lgan peshtoq ustunlari bilan to‘sib qo‘yilgan volerga tushib ketdi.
“Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, bola qoqilib tirqishga tushib ketgan va hayvonning shoxidan zarba olgan”, — deyiladi hayvonot bog‘i xabarida.
Bola ota-onasi kuzatuvida mahalliy kasalxonaga yetkazildi. Uning ahvoli haqida ma’lumotlar yo‘q.
Ma’lum bo‘lishicha, hayvonot bog‘ida 2009-yildan buyon bunday hodisa sodir bo‘lmagan. Shunday bo‘lsa-da hayvonot bog‘i rahbariyati yuzaga kelgan vaziyatdan tashvishda ekanligini va xavfsizilk darajasini oshirish uchun barcha choralarni ko‘rishini ta’kidladi.
“Xavfsizlik biz uchun muxim ahamiyatga ega va biz barchasini qayta ko‘rib chiqmaguncha tashrif buyuruvchilarni qabul qilishni to‘xtatib turamiz”, — deydi hayvonot bog‘i ijrochi direktori Kit Uinsten.
Izoh (0)