Yangi yil kirib keldi, g‘arblik olimlar esa bir yillik prognozlarni tayyorlashga ulgurdi, deb yozadi Sputnik.
National Geographic ma’lumotiga ko‘ra, AQShning Kaliforniya shtatidan bo‘lgan mutaxassislar bu yil anomal jaziramani prognoz qilmoqda — tarixda bo‘lmagan issiq havo bo‘lishi aytilmoqda. Klimatolog Samanta Stivensonning ta’kidiga ko‘ra, bu Tinch okeani sharqida suv sathi harorati keskin oshishi (El-Nino fenomeni) bilan izohlanadi.
“El-Ninoni hisobga olganda, 2019-yil tarixdagi eng issiq yil bo‘lishi mumkin”, — deydi Stivenson.
El-Nino Tinch okeani ekvatorial qismida suv sathida keskin o‘zgarishlar yuz berganida yuzaga keladi. Bu holat quruq shamol tezligi hamda okean tubi suvlari ko‘tarilishini susaytirishi yoki to‘liq blokirovka qilishi mumkin, bu esa o‘z navbatida butun koinotdagi iqlimga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.
Butunjahon meteorologik tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, 2015-yildan 2018-yilga qadar eng issiq to‘rt yil kuzatilgan. Bu esa rekord darajaga yetgan karbonad angidrid gazi ishlab chiqarilishi bilan izohlanadi.
Rossiya gidrometsentri 2019-yilda xavfli tabiat hodisalari soni, birinchi galda suv toshqinlari ortishini prognoz qilgan. Idora direktori Dmitriy Kiktayev tabiiy ofatlar iqlim o‘zgarishi, ya’ni global isishga bog‘liqligini, qish mavsumi iliqlashib, oydinlashib borayotganiga aniqlik kiritgan.
Fransiyaning okean fizikasi laboratoriyasi va masofadan turib sputnik orqali zondlash hamda Buyuk Britaniyaning Sautgempton universiteti tadqiqotchilari yaqin besh yilda, xususan, 2019-yilda ham ob-havoda anomal jazirama kuzatilishini aytgan. Ular iqlimni prognoz qiluvchi tezkor modelini ishlab chiqish orqali shunday xulosaga kelgan. Ushbu modelga ko‘ra, 2018—2022-yillarda issiq prognozlarda nazarda tutilgandan ko‘ra, (unchalik bo‘lmasa-da - 1/10 darajaga) kuchliroq bo‘ladi. Ammo olimlarning ogohlantirishiga ko‘ra, Yer shari haroratining o‘rtacha 0,5 darajaga oshishi ham iqlimda radikal o‘zgarishlar yuz berishi xavfini keltirib chiqaradi.
Izoh (0)