Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Argentina terma jamoasi va “Barselona” hujumchisi Lionel Messi Marca talqini bo‘yicha 2018-yilning eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi.

Foto: Marca

Foto: Marca

“Oltin to‘p” sohibi, Xorvatiya terma jamoasi va “Real” yarim himoyachisi Luka Modrich reytingda 2-o‘rinni band etdi. 3-pog‘onani Fransiya terma jamosi va “Atletiko” hujumchisi Antuan Grizmann egalladi.

“Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronaldu esa 4-o‘ringa loyiq ko‘rildi.

Kuchli 10 talikdan Kilian Mbappe (PSJ), Muhammad Saloh (“Liverpul”), Eden Azar (“Chelsi”), Rafael Varan (“Real”), Harri Keyn (“Tottenhem”) va Kevin de Bryuyne (“Manchester Siti”) joy olgan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda Urug‘chilik hamda pistachilik ilmiy markazlari tashkil etiladi
Dunyo
Qirg‘izistonda 9 kishida “Seftriakson”ga allergik reaksiya kuzatildi, bir kishi vafot etdi
Shou-biznes
Yillar davomida tanib bo‘lmas darajada o‘zgargan Gollivud aktyorlari (foto)