Etov okrugining sherifi Todd Entrekin 2015-yilning yanvaridan 2017-yilning dekabriga qadar AQSh chegarasini noqonuniy kesib o‘tgan migrantlarni saqlash uchun ajratilgan pullarni o‘zlashtirib yuborgani aniqlandi, deb yozadi ForumDaily nashri.
Sherifning o‘zi 750 ming dollarni o‘zlashtirgani haqida ma’lum qilgan. Biroq tekshiruvlar o‘zlashtirilgan pullar ikki baravar ko‘pligi, taxminiy hisob-kitoblarga ko‘ra 1,5 million AQSh dollarini tashkil qilgani aniqlangan.
Ma’lum bo‘lishicha, sherif buyuk depressiya paytlarida yozilgan federal qonunga asoslanib, qamoq va vaqtincha saqlash joylariga ajratilgan mablag‘larni o‘zida saqlash huquqidan foydalanib, pullarni o‘z hisobiga o‘tkazib kelgan.
Izoh (0)