AQShlik senator Lindsi Grem AQSh prezidenti Donald Tramp Suriyadan mamlakat qo‘shinini olib chiqishni paysalga solishga qaror qilganini ma’lum qildi, deb xabar berdi “RIA Novosti”.
“Prezident va Danford bilan muhokamadan so‘ng men biz ketayotgan tomonga nisbatan o‘zimni yaxshi his qilmadim”, — deydi Grem.
“Men o‘ylashimcha, biz bu jarayonni aql bilan sekinlashtiramiz. Nazarimda biz hozir tanaffus olib, vaziyatni qayta baholab, prezidentning maqsadiga erishishning eng yaxshi usuli haqida bosh qotirishimiz kerak”, — deya qo‘shimcha qiladi senator.
Izoh (0)