O‘qituvchi va bloger Isroil Tillaboyev ko‘pchilikning e’tiboridan chetda qolib ketgan kichik bir tarixiy chalkashlik haqida fikr yuritadi.
Muhammad Muso al-Xorazmiyni yaxshi taniymiz. Uning “Al-jabr val-muqobala” asari algebra fanini fan sifatida shakllantirgan buyuk olim ekanini bilamiz. Lekin u haqda ko‘p narsa bilamiz, deb aytolamizmi?
Al-Xorazmiyni vatandoshimiz deb hisoblaydigan biz — o‘zbekistonliklar uning hali qachon tug‘ilganini ham ikki xil yilda talqin qilamiz, aniq bilmaymiz desam ishonasizmi? Unda quyidagi faktlarga diqqat qiling.
Milliy ensiklopediyada al-Xorazmiy 783-yilda tug‘ilgan deb berilgan:
Qizig‘i, ensiklopediyadagi manbalar qilib kimlarningdir ilmiy ishlari ko‘rsatilgan:
Endi boshqa manbalarni qaraymiz:
Ruscha Wikipedia’ni qaraylik. Unda ham 783-yil deb berilgan:
O‘zbekcha Wikipedia’da ham 783-yil ko‘rsatilgan.
Ruscha Wikipedia’da 1983-yilda al-Xorazmiying 1200 yilligiga pochta markalar ham chiqarilganini ko‘rsatilgan, 1200 yilligi ham o‘sha yilda nishonlangani aytilgan.
Qizig‘i, boshqa manbalarda bu sanani emas, boshqasini uchratish mumkin. Masalan, inglizcha Wikipedia’da al-Xorazmiy 780-yilda tug‘ilgan, deb yozilgan.
Dunyoning eng obro‘li ensiklopediyalaridan biri — Encyclopedia Britannica sayti ham shunday ma’lumotni taqdim etgan:
Buyuk olimlar portal — avtoritet manba hisoblanadigan “FamousScientists.org” sayti 780-yilda tug‘ilganidan guvohlik bermoqda.
Shuningdek, u kabi mashhur navbatdagi saytlardan biri ham 780-yilni bermoqda:
“Al-Khwarizmi, Muhammed ibn Musa (ca. 780-ca. 850)”.
Masachusets texnologiya institutining buyuk insonlar panteonida ham katta harflar bilan yozib qo‘yilgan shu sana — 780.
Achinarlisi, ushbu sayt al-Xorazmiyni 780-yilda Eronda tug‘ilgan, demoqda. O‘zi al-Xorazmiyni arab olimi, u olib kirgan raqamlarni arab raqamlari deyishiga ko‘nikmasdim, endi esa birato‘la Eronda tug‘ilgan deyishmoqda…
O‘zimizning mashhur saytlarimizdan “Ziyouz.uz” saytida ham 780 sanasi berilgan.
Xorazmning turizmiga doir saytlari ham 780-yilni ko‘rsatmoqda.
Manbalarni ko‘rdingiz. Dunyoga mashhur olimimizni arab emas, o‘zbek olimi, Eronda emas, O‘zbekistonda tug‘ilganini butun dunyoga jar solish fursati yetmadimikan? Lekin ungacha tarixchi olimlarimizdan daho vatandoshimizning qaysi yilda tug‘ilganiga aniqlik kiritishlarini so‘rab qolamiz, zero tarixchilarga bu matematiklardan ko‘ra osonroq va aniqroq, qaysi bir yil xato bo‘lsa to‘g‘rilab qo‘yaylik, umuman aniq yili bo‘lmasa qaysidir yillar oralig‘ida tug‘ilgan, deb qo‘yaylik darsliklarga.
Muallif fikri tahririyat nuqtai nazaridan farq qilishi mumkin.
Izoh (0)