26-dekabr, chorshanba kuni futbol bo‘yicha Angliya premyer ligasining 19-tur bahsida “Manchester Yunayted” “Haddersfild”ni 3:1 hisobida mag‘lub etdi.
Bu jamoaning yangi bosh murabbiyi Ole-Gunnnar Sulsher uchun klub boshqaruvidagi ikkinchi o‘yini bo‘ldi. Sulsher murabbiylikka tayinlangach “Yunayted” ketma-ket ikki o‘yinda g‘alabaga erishdi.
“Manchester Yunayted” tarixida faqatgina to‘rt nafar murabbiy klubdagi o‘z faoliyatini ketma-ket 2 ta g‘alaba bilan boshlagandi. Bular: Tijey Uolvort, Mett Basbi, Deyv Sekston va Joze Mourinyo.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)