Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Farg‘onada avtomobillarga gaz to‘ldirish shoxobchasi oldida qarovsiz qoldirilgan Spark o‘g‘irlab ketildi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizjon Ermatov xabar berdi.

Foto: Chevrolet

Foto: Chevrolet

22-dekabr kuni O‘zbekiston tumani Sulaymon qishlog‘ida yashovchi, 1990-yilda tug‘ilgan taksi haydovchisi T.J. Uchko‘prik tumani IIBga ariza bilan murojaat qilgan. Unga ko‘ra, shu kuni soat 20:40 larda Uchko‘prik tumani Yoyilma qishlog‘ida joylashgan avtomobillarga gaz to‘ldirish shoxobchasiga boshqaruvidagi Spark avtomashinasida kelgan. T.J mashinasini ochiq holda yo‘l chetida qoldirib, navbatni bilish uchun ichkariga kirib ketgan. Taxminan 3-4 daqiqada avtomashinani noma’lum shaxs olib qochib ketgani ma’lum bo‘lgan. Holat yuzasidan viloyat hududida “To‘sib ushlash” tadbiri e’lon qilingan.

23-dekabr kuni IIB xodimlari tomonidan olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida ushbu avtomashina Uchko‘prik tumani Qo‘qonboy qishlog‘i hududida ushlangan. Jinoyat Uchko‘prik tumani Qorako‘l qishlog‘ida yashovchi, 1999-yilda tug‘ilgan Q.A. tomonidan sodir etilgani aniqlangan.

Hozirda holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Ba’zida o‘zim ham noto‘g‘ri parkovka qilaman” — Rasul Kusherbayev
Mahalliy
Toshkent shahri bosh rejasining bir qismi 2022-yil oxirigacha yakunlanadi
Mahalliy
Qurilish vazirligi ogohlantiradi: yangi uy xarid qilayotganda e’tibor berilishi lozim bo‘lgan jihatlar