Amerikaning Ogayo shtatida ertalabki ibodat vaqtida avtomobil protestant cherkovi devoriga borib urildi. Oqibatda olti kishi yaralandi. Bu haqda Associated Press xabar beradi.
Odamlar Rojdestvo kuyini kuylayotgan vaqtda avtomobil vitraj oynaga borib urildi. Cherkovda bayram nishonlanayotgani uchun uning ichi odamga to‘la bo‘lgan. Ichkarida yuzga yaqin kishi bor edi.Devorda katta teshik qoldi. Haydovchining shaxsi hali aniqlanmagan. Politsiya tergov harakatlarini olib bormoqda.
Hodisa sabablari aniq emas.
Iyul oyida mormon Nevada shahridagi cherkovda ibodat paytida o‘q uza boshlagan. Bir kishi vafot etib, biri halok bo‘lgan.
Izoh (0)