Moskva shahrining Biryulyova ko‘chasida joylashgan ko‘p qavvatli uyda mehmon uy egasini sakkizinchi qavatdan tashlab yubordi. Bu haqda “MK.ru” xabar berdi.
Ayol jiddiy jabr ko‘rgan, ammo tirik. Hodisaning asl sababi noma’lum.
Jabrlangan kasalxonaga yetkazilgan, unda juda ko‘plab jarohat bor — umurtqa sinishi, talog‘i yorilib ketgan. Ayolning ahvoli juda og‘ir.
Tergov organlari tomonidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Gumonlangan ayol qo‘lga olingan. Uning yoshi 41 da, u o‘z qurbonining tanishi bo‘lgan. Jinoyat sabablari aniqlanmoqda.
Izoh (0)