Gruziya hukumati Gruziya fuqarolarining jami qariyb 1,5 milliard dollarlik 1,3 millionta kreditidan kechadi, deb yozadi Tengrinews.
Banklar va mikromoliyaviy tashkilotlardagi qarzlari kechiladigan Gruziya fuqarolari soni 605 ming kishigacha yetdi. Ular jami qiymati 3,9 milliard lari (1,5 milliard dollar)ga teng 1,3 millionta kredit olgan.
Qarzlardan 31-dekabrgacha kechiladi. Ro‘yxatga o‘nlab banklar, shuningdek, turli mikromoliya tashkilotlari, onlayn-banklar va kollektorlik kompaniyalari qarzdorlari kirgan.
Gruziya hukumati “qora ro‘yxat”ga kirgan fuqarolarning qarzlaridan kechishni noyabrdayoq e’lon qilgan edi. Ushbu ro‘yxatga kreditlar bo‘yicha foizlarni o‘z vaqtida yoki umuman to‘lamayotgan fuqarolar kiritilmoqda. Bunday holatlarda katta jarimalar solinadi va umumiy qarzdorlik oshib boradi. “Qora ro‘yxat”dagi fuqarolarga mamlakatdagi birorta ham bank boshqa kredit bermaydi.
Izoh (0)