22-dekabr, shanba kuni futbol bo‘yicha Ispaniya La Ligasining 17-turi doirasida Madridning “Atletiko”si “Espanyol” ustidan 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Yagona gol Antuan Grizmann tomonidan kiritildi. Natijada Madrid klubi bosh murabbiyi Diyego Simeone Ispaniya chempionatida 1:0 hisobidagi 50-g‘alabasini qo‘lga kiritdi, deb yozadi Marca nashri.
Bungacha Ispaniya chempionatida faqat 6 nafar murabbiy shunday natijani qayd etgan, ammo Simeone ulardan farqli o‘laroq kam o‘yin o‘tkazgan.
Simeone boshchiligida “Atletiko” eng ko‘p qayd etgan natijalar — 35 o‘yinda 2:0, 28 o‘yinda 1:1, 23 o‘yinda hisob ochilmagan (0:0), 20 ta o‘yinda 3:0 hisobida g‘alaba qozonilgan).
Barcha musobaqalarni hisobga olinsa, Simeone jamoasi 71 o‘yinda 1:0 hisobida g‘alabaga erishgan.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)