Qutqaruvchilar Solikamskdagi “Uralkaliy” kompaniyasining 22-dekabr kuni avariya ro‘y bergan konida 8 kishining jasadini topdi. Bu haqda Perm o‘lkasi hukumati matbuot xizmati ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
Konda jami 9 kishi qamalda qolgandi. Qutqaruvchilar birinchi qatlamda ikki, ikkinchi va uchinchi qatlamda esa yana 6 kishining jasadiga duch keldi.
Qutqaruv guruhi to‘qqizinchi ishchini qidirish uchun Solikamskdagi konga tushishni boshladi. Shuningdek, kondagi alangalanish o‘choqlarini bartaraf etish choralari ham davom etmoqda.
Izoh (0)