Checheniston yetakchisi Ramzan Qodirov faoliyatini respublika rahbari lavozimida yakunlamoqchi. Bu haqda u “Moskva 24” telekanali efirida ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
“O‘zimni federal vazir yoki mamlakat miqyosidagi rahbarlik lavozimida ko‘rmayapman. Bu darajadagi shaxs emasman. Karyeramni respublika rahbari sifatida yakunlash niyatim bor”, — ta’kidladi Qodirov.
Ma’lumot uchun, 42 yashar Ramzan Qodirov Chechenistonni 2007-yildan beri boshqarib kelmoqda.
Izoh (0)